Taʼlim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?
Yangiliklar

Taʼlim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

1 daqiqa oʻqish 141 marta koʻrilgan

❓ Taʼlim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

📌Prezident tomonidan ikki vazirlikni birlashtirish tashabbusining asosiy maqsadi – taʼlim boshqaruvi va sifatini taʼminlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish.

🔷 Taʼlim va ilm-fan vazirligi bogʻcha, maktab, professional va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish, ularning operatsion jarayonlarini muvofiqlashtirish, taʼlimga qoʻyiladigan talablarni belgilash, akkreditatsiya va litsenziyalash uchun masʼul boʻladi.

🔷 Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi esa oʻquv dasturlari, darslik va metodik materiallarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga joriy etish, natijalarni monitoring qilish va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirishga eʼtibor qaratadi. Bu jarayon “oʻzbek maktabi bitiruvchisining portreti” asosida yoʻlga qoʻyiladi.

🔷 Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh yangi vazirlik tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta koʻrib chiqadi va islohotlarning umumiy strategiyasini belgilaydi.

🔷 Oliy taʼlimda davlat aralashuvi qisqartirilib, oliygohlar mustaqilligi kengaytiriladi. Nodavlat sektor uchun ham yangi imkoniyatlar yaratiladi. Oliy taʼlim muassasalari faoliyatiga esa sifat, erkin raqobat va bozor talabi asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi.

Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI