❗️Toza tuproq – serhosil dalalar garovi: plastik chiqindilardan birgalikda xalos boʻlaylik!
📝Bilim amaliyot bilan uygʻunlashgandagina haqiqiy samara beradi. Bugun tuproqni plastik ifloslanishdan muhofaza qilish borasidagi saʼy-harakatlar ham ana shu haqiqatning amaliy ifodasidir.
⚡️Qishloq xoʻjaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov barcha qishloq xoʻjaligi yer egalarini dala madaniyatiga qatʼiy rioya qilishga, plastik chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻishtirishga va ekin maydonlarini doimo ozoda saqlashga chorlamoqda.
💎Plastik chiqindilar — zamonaviy ekologik tahdid
➡️Bugun plastik mahsulotlar hayotimizning deyarli barcha sohalarida keng qoʻllanilmoqda. Bu esa atrof-muhitda, jumladan tuproq qatlamida plastik chiqindilar va mikroplastiklarning toʻplanishiga sabab boʻlmoqda.
➡️Tuproq muhitidagi mikroplastik ifloslanish bugungi kunda dolzarb ekologik muammolardan biriga aylangan. Bu yoʻnalishda ilmiy tadqiqotlar ham izchil olib borilmoqda.
📝Ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda
🟡2025 - yil boshidan buyon Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Yaponiyaning Tsukuba universiteti oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida tuproqlarning mikroplastik ifloslanishini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
🟡Tadqiqotlar doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani, Xorazm viloyati hamda Andijon viloyatining Andijon, Izbosgan va Baliqchi tumanlari hududlaridan tuproq namunalari olinib, ilmiy tahlillar oʻtkazilmoqda.
✅Toza tuproq — xavfsiz oziq-ovqat garovi
🟡Plastik chiqindilar nafaqat ekologik muammo, balki oziq-ovqat xavfsizligiga ham taʼsir koʻrsatuvchi omildir. Tuproqda toʻplangan plastiklar vaqt oʻtishi bilan mikroplastiklarga aylanib, oziq-ovqat zanjiri orqali tarqalishi mumkin. Bu esa tuproqdagi tirik organizmlarga, shuningdek inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi ehtimolini oshiradi.
Shu bois dalalarni plastik chiqindilardan xoli saqlash, tuproqni asrash va ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish — barchamizning umumiy masʼuliyatimizdir.
📌Tuproqni asraylik — kelajakni asraylik!
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali



