🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Paxtaga qoʻshimcha ishlov bering va hosilingizga hosil qoʻshing!
Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashining qoʻshma MUROJAATI
Hurmatli dehqon va fermerlar hamda agrar soha xodimlari!
✅ Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, Siz fermer va dehqonlar tomonidan respublika boʻyicha 889,5 ming gektar, shundan Shinjon usulida 305,2 ming gektar maydonlarda paxta parvarishlanmoqda.
📰 Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi oʻta murakkab iqlim sharoitida koʻplab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, ayniqsa, bu yil iyul oyining ikkinchi yarmi har yilgidan koʻra oʻta issiq kelayotganligi sababli suvchi, mexanizator hamda chekanka (chilpish) qiladigan dala ishchilariga ish haqlarini oʻz vaqtida berib, paxtangizda agrotexnik tadbirlarni, jumladan, sugʻorish, kultivasiya qilish va chekankani oʻz vaqtida tashkil etish davr taqozo etmoqda.
➡️ Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, oʻz ishining haqiqiy ustasi boʻlgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni koʻradi va el-yurt dasturxonini toʻkin qilish yoʻlidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
🤑 Murakkab ob-havo sharoitidan tortib, eng kerakli agrotexnik tadbirlarni qoʻllashgacha boʻlgan jarayonlardan eson-omon oʻtish oson kechmaydi, albatta.
❔ Eng muhimi, bu yil iyul oyining soʻnggi oʻn besh kunligi va avgust oyining birinchi oʻn kunligi jazirama issiq kunlarida paxtaning hosilini olib qolib, tunu kun qilingan halol va zahmatli xizmatlaringiz mevasi naqadar totli ekanini hosil pishib yetilib, oʻz vaqtida terib-yigʻib olinib, xirmonga toʻkilgan damda, asosiysi, belgilangan rejalar oshirib uddalangandan keyingina anglab yetasiz.
🔸 Ana shundagina fermerning koʻngli xotirjam boʻladi. Buning uchun esa har bir fermer xoʻjaligi rahbari bugundan boshlab oʻz paxta dalasida «Dolzarb – 20 kun» eʼlon qilishi lozim.
Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/193360
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI