Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi maʼrifat soati oʻtkazildi
Yangiliklar

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi maʼrifat soati oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 540 marta koʻrilgan

☄️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi maʼrifat soati doirasida Oʻzbekiston taraqqiyotining kelgusi bosqichiga qaratilgan muhim vazifalar va 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

🔵Maʼrifat soatida Agrar universiteti oʻqituvchisi Nilufar Mamasolieva tomonidan taqdimot oʻtkazilib, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan mamlakat taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

🔴Taqdimot davomida 7 ta milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari, jumladan:
➖bilim va malakani rivojlantirish;
➖ aholi salomatligini asrash va uzoq umr koʻrish;
➖ yuqori texnologiyali iqtisodiyotni shakllantirish;
➖ suv resurslaridan oqilona foydalanish va tabiatni asrash;
➖ sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini taʼminlash;
➖ mahallaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini oshirish;
➖ Oʻzbekistonning tinchlik va doʻstlik diyori sifatidagi nufuzini yuksaltirish kabi muhim vazifalar yoritildi.

➡️Shuningdek, maʼrifat soati doirasida institutda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar qay darajada tashkil etilgani, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mehnat faoliyatini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

📌Tadbir yakunida mamlakatimiz taraqqiyotida har bir fuqaroning bilim va salohiyati, mehnati, tashabbusi va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

✅Telegram: TATI Soil

Manba: Telegram kanali