XALQARO HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM
Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM

1 daqiqa oʻqish 349 marta koʻrilgan

🌍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga Horizon Europe MSCA Staff Exchanges dasturi doirasida shakllantirilayotgan xalqaro ilmiy loyiha vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

➡️Uchrashuvda institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, professor N. Abduraxmonov institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Z. Baxodirov tomonidan institutning ilmiy salohiyati va asosiy tadqiqot yoʻnalishlariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

➡️Delegatsiya aʼzolari institutning zamonaviy laboratoriyalari, ilmiy infratuzilmasi va geoaxborot texnologiyalari xonasi bilan yaqindan tanishdilar.

🔵Tashrif institutning ilmiy salohiyatini kelgusidagi nufuzli xalqaro loyiha doirasida potensial hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.

✅Telegram: TATI Soil

#Tuproqshunoslik #HorizonEurope #MSCA #XalqaroHamkorlik

Manba: Telegram kanali