Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi “Maʼrifat soati” oʻtkazildi
Yangiliklar

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida navbatdagi “Maʼrifat soati” oʻtkazildi

1 daqiqa oʻqish 401 marta koʻrilgan

🌟Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ilm-fan sohasidagi yangiliklar hamda tuproqshunoslik yoʻnalishida tizimli ravishda olib borilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

🔴Shuningdek, institutda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, uni respublikadagi boshqa kutubxonalar bilan integratsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlarini yoʻlga qoʻyish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔊Yigʻilish davomida xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini boyitish maqsadida tarixiy va muqaddas qadamjolarga sayohatlar tashkil etish, yangi barpo etilgan madaniy obʼektlarga tashriflar uyushtirish hamda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini yuqori saviyada tashkil etish vazifalari belgilab olindi.

🔴Tadbir davomida institut kasaba uyushmasi masʼul xodimi Sh. Jumayev oʻz oʻrnida xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish hamda jamoada sogʻlom muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida oʻz fikr va mulohazalarini bayon etdi. Shuningdek, u xodimlarni madaniy-maʼrifiy tadbirlarga keng jalb etish va institut jamoasining birdamligini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

🔴Tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Maʼrifat soati xodimlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda jamoada sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

Manba: Telegram kanali