Bu video Telegram platformasida joylashgan
Qayerda ochishni tanlang:
🌍 Xalqaro hamkorlik — ilmiy tajriba almashish, yangi gʻoyalarni birlashtirish va sohadagi innovatsion yechimlarni birgalikda rivojlantirishning muhim omili!
☄️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy ilmiy muassasalar bilan tajriba almashish va qoʻshma tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
⚡️Bugun shu yoʻnalishda Institutda Xitoy Xalq Respublikasining Shoʻrlangan yerlarni oʻzlashtirish hamda texnologik innovatsiyalar milliy markazi direktori Mei Xurong boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.🔵Uchrashuvda mehmonlarga Institutning ustuvor ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar haqida maʼlumot berildi.
Delegatsiya tarkibidan Xitoy Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Atrof-muhitni rivojlantirish va muhofaza qilish instituti direktori Xiong Mingmin, Gʻarbiy qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari markazi direktorining oʻrinbosari He Wenqing, Shinjon Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Tuproqshunoslik instituti direktori Xu Wanli hamda sohaning boshqa mutaxassislari oʻrin oldi.
🔵Muloqotlar davomida qoʻshma ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, qoʻshma laboratoriya tashkil etish, mutaxassislar almashinuvini yoʻlga qoʻyish va oʻzaro treninglar tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️Institut direktori, professor Shuhrat Bobomurodov ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashinuvini kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
🟢Uchrashuv yakunida Xitoy delegatsiyasi Institutning laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot bazasi va amaliy faoliyat uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
✅Telegram: TATI Soil
Manba: Telegram kanali


