Xalqaro seminar: ilmiy hamkorlikning yangi istiqbollari
Yangiliklar

Xalqaro seminar: ilmiy hamkorlikning yangi istiqbollari

2 daqiqa oʻqish 336 marta koʻrilgan

🌍Tuproq salomatligi, barqaror qishloq xoʻjaligi va quruq hududlarni tiklash yoʻlida xalqaro hamkorlik

🔴Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakultetida Polsha delegatsiyasi ishtirokida “Yashil himoya oʻrmonzorlari, tuproq salomatligi, quruq hududlarni tiklash va tabiatga asoslangan yechimlar: «Horizon Europe MSCA Staff Exchanges loyihasi sari»” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

➡️Seminar Oʻzbekiston va Polsha olimlari oʻrtasida tuproqshunoslik, ekologik barqarorlik, qishloq xoʻjaligi va quruq hududlarni tiklash sohalarida tajriba almashish hamda yangi ilmiy hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash uchun muhim muloqot maydoni boʻldi.

✅Taʼkidlash joizki, Polsha delegatsiyasi bir kun avval Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti faoliyati bilan tanishib, uning ilmiy salohiyati, laboratoriyalari va asosiy tadqiqot yoʻnalishlari haqida maʼlumot oldi.

☄️Seminar doirasida professor Małgorzata Suska-Malawska tomonidan Horizon Europe MSCA Staff Exchanges loyihasining dastlabki konsepsiyasi, maqsad va vazifalari hamda xalqaro hamkorlik uchun yaratadigan imkoniyatlari taqdim etildi.

🔵Shuningdek, qishloq xoʻjaligi tizimi tashkilotlari vakillari tomonidan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish hamda sohadagi dolzarb masalalarga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazildi.

🟢Seminarda tuproq salomatligi, yashil himoya oʻrmonzorlari, degradatsiyaga uchragan hududlarni tiklash, tabiatga asoslangan yechimlar va iqlim oʻzgarishining qishloq xoʻjaligiga taʼsiri kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

✅Mazkur seminar Oʻzbekistonning xalqaro ilmiy hamkorlik salohiyatini kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlarni rivojlantirish va Horizon Europe MSCA Staff Exchanges dasturi doirasida yangi loyihalarni shakllantirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

✅Telegram: TATI Soil

Manba: Telegram kanali