🇺🇿Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi “Vorsin” agrofirmasi hududida joylashgan “Xonchorbog‘ Gulxonim” fermer xoʻjaligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 322-son qarori ijrosini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
👤Tadbirda Qishloq xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari, viloyat va tuman hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari vakillari, klasterlar rahbarlari, soha mutaxassislari hamda ilgʻor fermerlar ishtirok etdi.
📣Seminar davomida paxta hosildorligini oshirish, chorvachilikni rivojlantirish, dala chetlaridagi yer maydonlaridan oqilona foydalanish, takroriy ekinlarni joylashtirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🗣️Tadbir video-konferens-aloqa shaklida ham tashkil etilib, viloyatning barcha hududlaridagi fermerlar va mutaxassislar bilan muloqot oʻrnatildi.
ℹ️Unda mavsum oldida turgan dolzarb vazifalar, hosildorlikni oshirishning amaliy mexanizmlari hamda ilgʻor tajribalarni ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅Seminar yakunida hududlarning mavjud salohiyatidan toʻliq foydalanish, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil olish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI








