Ilmiy darajalar berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish va dissertatsiya himoyasi haqida eʼlon berish kabi talablar bekor qilinmoqda
Yangiliklar

Ilmiy darajalar berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish va dissertatsiya himoyasi haqida eʼlon berish kabi talablar bekor qilinmoqda

1 daqiqa oʻqish 153 marta koʻrilgan

Prezident farmoni bilan, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajalar berishda quyidagi tartiblar bekor qilinadi:

🔹 chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno);

🔹 Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiya mavzularini roʻyxatdan oʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berish;

🔹 dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan oʻtkazish;

🔹 ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilish;

🔹 dissertatsiya avtoreferatini chop etish;

🔹 dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi toʻgʻrisida xulosa olish;

🔹 OAKning fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;

🔹 himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini
OAK tomonidan tasdiqlash
;

🔹 taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish. Bunda ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjat uning Oʻzbekistondagi faoliyati davomida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.

🗓️ 2027-yil 1-yanvarga qadar OAK tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq beriladi.

Manba: Telegram kanali · Xushnudbek.uz