YER UNUMDORLIGI – HOSILDORLIK GAROVI!

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

YER UNUMDORLIGI – HOSILDORLIK GAROVI!

Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh olimlari  o‘zlariga biriktirilgan hududlarda 2023 yil hosili uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.

901902

Ishchi guruh a’zolari tomonidan PQ - 179 qarori ijrosi bo‘yicha Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on, Buxoro viloyatining Vobkent tumanlarida dehqon-fermer va klasterlarga kuzda qilinadigan asosiy ishlar haqida ma’ruzalar qilinmoqda. Dalaning o‘zida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda. Bunda dala chetiga kuchsiz shamol eroziyasiga uchragan yerlarga 2 va o‘rtacha, kuchli shamol eroziyasiga uchragan dalalarga 4 qator shamol yo‘nalishiga perpendikulyar, zig-zak qilib, exota daraxtzorlar (yashil makon) barpo qilish ishlari olib borilmoqda. Tuproqni organik moddaga boyitish uchun g‘o‘zapoyani dalaning o‘zida maydalab hamda  go‘ng kiritish ishlari, tuproq zichligini kamaytirish, pulug tovonini, gleyli gipsli qatlamni yo‘qotish uchun shaxmat usulda chuqur yumshatish, yerni haydash, lazerli tekislash va sho‘ryuvish uchun pol olish ishlari ilmiy asosda ko‘rsatilib zaruriy tavsiyalar berildi.

903904

Shuningdek, Institut olimlari tomonidan ushbu hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi tomonidan 2022 yilning noyabr oyida kuzgi shudgorlash, o‘g‘itlash, sho‘r yuvish va urug‘liklarni tayyorlash (dorilash) ishlarining joriy holatini o‘rganish bo‘yicha ham muhim topshiriq va vazifalarni amalga oshirishmoqda.

Ushbu o‘rganish ishlarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha «Tuproqlar biogeokimyosi, kimyoviy va fizik-kimyoviy holatini maqbullashtirish» bo‘limi mudiri Tolib Berdiev, Buxoro viloyati bo‘yicha «Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash, va degradatsiyaga uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash» bo‘limi katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari falsafa doktori Aliyor Qoraevlar bevosita ishtirok etishmoqda.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований