MOZIYGA SAYOHAT

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

Muzeylar  ajdodlardan meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazinadir. Uzoq tarix sahifalaridan so‘zlovchi bebaho kitob hamdir. 

41

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh ilmiy xodimlari «Temuriylar tarixi» davlat muzeyiga sayohat qilishdi. Ushbu muzey Amir Temur va temuriylar davridagi ilm-fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettiradi. Yosh olimlar sayohat mobaynida Temuriylarga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishdilar.

40

Ushbu muzey Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganuvchi ilmiy markaz sifatida xalqimizning davlatchilik tarixini yoritib beruvchi, ajdodlarimizning boy moddiy va ma’naviy merosini o‘zida mujassamlovchi va ilmiy tadqiq etib kelajak avlodga yetkazuvchi yagona ob’ekt ham hisoblanadi. – Institutimiz rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan ushbu «Moziyga sayohat» tadbiridan shuni yanada chuqurroq anglab yetdimki, biz dunyoda tengi yo‘q ajdodlarning munosib vorislarimiz, – deydi II-bosqich doktoranti Yodgor Normatov. – Shu bois endilikda millatimiz faxri sanalmish Amir Temur bobokalonimiz haqidagi kitoblarni yanada qunt bilan o‘rganaman.

42

Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurgan ilmi xodimlar  buyuk ajdodlarimizning aql-zakovati, ijodkorligi, mard va jasurligi hamda tadbirkorligiga oid eksponatlarni ko‘rib yana bir bor uzoq moziyga sayohat qilgandek bo‘ldilar.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований