24 noyabr kuni Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti vakillari va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirishni qo‘llab- quvvatlash missiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Sa’dulla Zaynobiddinov, Institut direktori Shuhrat Bobomurodov, institut yetakchi ilmiy xodimi Abdunabi Bairov, bo‘lim boshlig‘i Zafar Bahodirovlar, «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash missiyasi rahbari, janob Tumurdavi Bayarsayxan, loyiha vakillari Sanjar Babaev, Sunnatilla Rashidov hamda tuproq tahlili komponenti konsultanti Anna Gorbachevalar ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasi vakillari bilan Institut va uning filialliariga Tuproq tahlili subkomponenti doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati to‘liq o‘rganilib, kelgusida loyiha hisobidan sotib olinishi rejalashtirilayotgan zamonaviy uskunalar xaridi bo‘yicha fikr almashildi. Bunda ushbu uskunalar ro‘yxati, hozirda sotib olinish holati va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
Uchrashuv vakillari hamkorlikda kelgusida ushbu subkomponent doirasida amalga oshirilishi muhim bo‘lgan va rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Uchrashuv yakunida «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasining Tuproq tahlili subkomponenti bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish, jumladan, sotib olinishi rejalashtirilayotgan uskunalarni xarid qilish jarayonini tezlashtirishga kelishib olindi.
Uchrashuv ko‘tarinki ruhda va tomonlar uni yuqori saviyada olib borilganligini qayd etishdi.