Mamlakatimizda Oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga koʻmaklashish va universitet bitiruvchilarni ishga taqsimlash hamda Ish beruvchilar va talabalar oʻrtasida muloqotni tashkil etish uchun universitetda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri tashkillashtirildi.
Universitetda tayyorlanayotgan mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona va tashkilotlarni, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholini bandlikka koʻmaklashish markazi masʼul xodimlarini talabalar bilan bevosita suhbat oʻtkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar.
Maskur mehnat yarmarkasida universitet talabalariga darsdan boʻsh vaqtlarida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari ham boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalarning bandligini taʼminlash, ularning kelgusidagi ish oʻrinlarini aniqlash maqsadida davlat tashkiloti va korxonalarning oʻrinlari taqdimoti oʻtkazildi, ish beruvchilar bilan yosh talabalarning bevosita suhbatlari boʻldi. Ikki tomonlama mehnat shartnomalari imzolandi.