INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
photo 2023 04 28 16 50 08 photo 2023 04 28 16 50 16 photo 2023 04 28 16 50 30 photo 2023 04 28 16 50 41

Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.

Yig‘ilishda Institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, 2 nafar ilmiy xodimning 03.00.13 – «Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishlarining muhokamasiga bag‘ishlandi.

1. Gulimov Quvondiq Hamzaevichning “Sug‘oriladigan tuproqlarning xususiyatlarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish” (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida) mavzusidagi;
2. Qilichova Nazokat Axmedovnaning “Navoiy-Konimex cho‘li sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlarining hozirgi meliorativ holati va ularni unumdorligi” mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan amalga oshi rgan ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab talabgorlar dissertatsiya ishlari yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Uslubiy kengash a’zolari tomonidan talabgorlarga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.

Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований