Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti rahnamoligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘plab xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalar bilan hamkorlik shartnomasi hamda memorandumlar imzolashga erishilib, agrar sohaning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (University of digital economics and agrotechnologies) da Germaniyalik talaba yoshlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o‘quv seminar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va yuqori malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.
BATAFSIL