Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishlari, ular natijasida yuzaga kelayotgan degradatsiya, sho‘rlanish, atrof-muhitni ifloslanishi kabi salbiy jarayonlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligimizga, shu bilan birga, tuproqlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers & Co. LTD”. kompaniyasi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Akiyama Nanako va boshqa soha xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yildan buyon Yaponiyaning “Conservation Engineers & Co. LTD” kompaniyasi rahbariyati hamda tuproqshunos olimlari, mamlakatimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari bilan “Fujimin” pereparatini O‘zbekiston yerlarida qo‘llash imkoniyatlari borasida ikki tomonlama tashriflar, taklif va tavsiyalar keng miqiyosda muhokamalar olib borildi.
BATAFSIL