YAPONIYA DAVLATI BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILDI

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

photo 2023 08 18 18 01 37Dunyoda va mamlakatimizda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishlari, ular natijasida yuzaga kelayotgan degradatsiya, sho‘rlanish, atrof-muhitni ifloslanishi kabi salbiy jarayonlar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligimizga, shu bilan birga, tuproqlarimizga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Yaponiya bilan ham o‘zaro hamkorlik sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali yerdan foydalanuvchilar, klaster va dehqon fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar tuzilmoqda. O‘z o‘rnida ushbu hamkorlik asosini mustahkamlash borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham imzolanyapti.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers & Co. LTD”. kompaniyasi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Akiyama Nanako va boshqa soha xodimlari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.    

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yildan buyon Yaponiyaning Conservation Engineers & Co. LTDkompaniyasi rahbariyati hamda tuproqshunos olimlari,  mamlakatimiz Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari bilan “Fujimin”  pereparatini O‘zbekiston yerlarida qo‘llash imkoniyatlari borasida ikki tomonlama tashriflar, taklif va tavsiyalar keng miqiyosda muhokamalar olib borildi.

Ayni vaqtda Institut olimlari qo‘shma loyiha doirasida Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat hududlarida pilot ekin maydonlarida “Fujimin”  suyuq bioo‘g‘itni turli tuproq sharoitida har xil ekin turida qo‘llash uchun sinovdan o‘tkazish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Institut tomonidan tashkil etilgan bugungi seminar ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan klaster, dehqon-fermer xo‘jaliklari va yerdan foydalanuvchilarga “Fujimin”  suyuq bioo‘g‘itining barcha ilmiy asoslangan afzalliklari haqida bo‘ldi. Ushbu pereparat nafaqat tuproqning xossa-xususiyatlarini yaxshilaydi balki, o‘simlikni yaxshi rivojlantirib hosildorlikni oshiradi.

Seminarda har ikki davlat vakillari tomonidan ushbu bioo‘g‘it texnalogiyasini ekin maydonlarida qo‘llash me’yorlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan tavsiya va takliflari bilan seminar qatnashchilariga ma’lumotlar taqdim etishdi.

Avvalroq

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov Yaponiya davlatidan tashrif buyurgan “Japan Conservation Engineers & Co. LTD”. kompaniyasi menedjeri Yoshida Kazuyo (Yoshida Kazuyo), Tuproq bo‘yicha maslahatchi, professional injener Akiyama Nanako va boshqa soha xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.    

Uchrashuv chog‘ida har ikki tomon rahbarlari o‘rtasida tuproqlarda kechayotgan degradatsiya, degumifikatsiya, sahrolanish va antropogen omillar ta’sirida ifloslanishi kabi salbiy jarayonlar, tuproqlar unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida memorandum imzolandi.

Memorandumda hamkorlikni izchil, jadal va samarali rivojlantirish uchun kelgusi 5 yil davomida sohada milliy va xorijiy tajribalarni ilmiy tahlil qilish asnosida hozirgi zamon talablariga mos keladigan yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, olib borilayotgan tadqiqot ishlarini tizimli ravshda tuproq sharoitlaridan kelib chiqqan holda bioo‘g‘itni amaliyotda keng miqiyosda qo‘llash me’yorlarini ishlab chiqish, tadbiq  etish va ular barqarorligi hamda samaradorligini tubdan oshirish, jahon andozalariga mos keladigan yangilangan  tuproq tahlil markazlari tizimini yanada shakllantirib borish, klaster va yerdan foydalanuchilar uchun seminar treninglar tashkil etish, tajriba almashish kabi rejalashtirilgan maqsad va vazifalar qamrab olingan.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований