ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

илмилм2илм3илм4

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Institut olimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yildagi PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent davlat agrar universiteti “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi  1- bosqich magistratura talabalari uchun TUPROQ BONITIROVKASINING ILMIY ASOSLARI fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Ushbu tadqiqot maskanida Universitet talabalari uchun o‘z ixtisosliklari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, bugungi kundagi sohadagi eng so‘nggi yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlar  yaratilgan.

Bugungi “Lalmikor tuproqlarni baholash shkalasi. Lalmikor tuproqlarni bonitirovkalashda pasaytiruvchi omillarning roli” mavzusi tegishli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonov Nodirjon Yulchievich tomonidan olib borildi.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований