⚡️ Ayni paytda Samarqand BMTning yirik tadbiriga mezbonlik qilmoqda.
☝️13-17 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik halqaro tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risida konvensiyasi (UNCCD) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
👉Ushbu Konvensiyaga Yevropa ittifoqi va 196 davlat ishtirokchi hisoblanadi. Shuningdek mazkur xalqaro tadbirda dunyoning rivojlangan davlatlaridan yuqori darajali olimlar, professorlar, soha vakillari va xalqaro moliya institut vakillarining ishtirok etishi hamda Choʻllanishga qarshi kurashish konvensiyaning bajarilishi holatini Oʻzbekiston olimlari bilan muhokama qilishi koʻzda tutilgan.
✔️O‘zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1995-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risida konvensiyasi ratifikatsiya qilgan.
✔️Tadbirda Institutining bir qator olim va ilmiy xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.