INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHI QOSHIDAGI ILMIY SEMINARNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.
Kun tartibiga ko‘ra, Xalilova Firuza Shavxidinovnaning “Ang‘izga ekilgan moshni o‘g‘itlashning tuproq unumdorligi va ekin hosildorligiga ta’siri” mavzusidagi 06.01.04- “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlandi.
Talabgor Ilmiy kengash a’zolariga olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Ilmiy kengash va kengash a’zolari tomonidan talabgor Firuza Xalilovaga taklif, tavsiyalar berildi.
Ilmiy kengash majlisi ishi onlayn va offlayn shaklida bo‘lib o‘tdi.