Tadbirda Institutning barcha bo‘lim rahbar va ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Jadid ma’rifatchilari tomonidan ilgari surilgan “Tilda, fikrda va ishda birlik” g‘oyasi ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada keng tadqiq etish, jadidchilikning holati va istiqbollarini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga kasb etadi.
Yig‘ilishda “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya hamda jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida Tuproqshunos va agrokimyogar olim va tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek jadidlarning merosi, ularning tadqiqotlari, jadidchilik harakatini tadqiq etilgan yangi natijalar yuzasidan fikr almashildi.