⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
♻️Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziyev Maruf Mansurovich olib bordi.
✔️Yig‘ilishda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
⌛Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra Xushmurodov Jobir Panjiyevichning “Sug‘oriladigan och-tusli bo‘z tuproqlarning agroekologik holati, mosh va loviya ekinlarda og‘ir metallarning akkumulyatsiyasi (Nurobod tumani tuproqlari misolida)” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokamasiga bag‘ishlandi.
🔺Yig‘ilishda dastlab talabgorning ishi yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy nashrlarda chop etgan ilmiy ishlari yuzasidan taqdimotlari tinglandi.
✍️Ilmiy-uslubiy kengash a’zolari va ilmiy xodimlar tomonidan ilmiy hodimlarning ish dasturlari va olib borgan tadqiqotlari yuzasidan savol-javoblari bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda uslubiy kengash raisi va kengash a’zolari tomonidan talabgorning mavzusi doirasida taklif va tavsiyalar berildi.
✔️Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzu doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.