Hamkorlikdagi loyihalar ham fermerlar nigohida katta qiziqish uyg‘otmoqda

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

 

photo 2024 11 14 12 14 07photo 2024 11 14 12 14 18

🤝Hamkorlikdagi loyihalar ham fermerlar nigohida katta qiziqish uyg‘otmoqda

✔️Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan bajarilayotgan o‘nlab loyihalar bilan bir qatorda hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar ham o‘z natijalariga ega bo‘layotir.

📝Ana shunday loyihalardan biri “Buxoro va Kogon tumanlari tuproqlarini sun’iy intellekt texnologiyalari orqali tahlil qilish, monitoring va boshqarish bo‘yicha UzSoilAI tizimini yaratish” loyihasidir.

✔️Mazkur loyiha FAOning “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi landshaftlarida tabiiy resurslarni integratsiyalangan boshqarish” dasturi tomonidan moliyalashtirilgan.

🔺Buxoroda tashkil etilgan seminarda loyiha koordinatori Muhammadjon Qosimov, “Tuproq geografik axborot tizimlari va pedometrika” bo‘limi boshlig‘i - Zafar Baxodirovlar fermerlarga tuproqlar holatini tahlil qilish, monitoring qilish va yaxshilash yuzasidan tavsiyalar beruvchi zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari yordamida ishlaydigan UzSoilAI veb-dasturining afzalliklari xususida so‘z yuritildi.

☝️Asosiy qismda Zafar Baxodirov fermerlarga va boshqa ishtirokchilarga UzSoilAI tizimi, uning funksiyalari, tizimni yer egalari uchun foydali tomonlari tushuntirib o‘tdi. So‘ngra, ushbu veb-dasturdan qanday foydalanish mumkinligini amaliy jarayonda ko‘rsatib berdi.

☄️Fermerlar tizimga katta qiziqish bildirishdi va o‘zlarining ijobiy fikrlari va tizimni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bayon etishdi.

© 2024 Институт почвоведения и агрохимических исследований