E’TIROF

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
photo 2024 12 13 00 30 41 photo 2024 12 13 00 30 51

YIL OLIMLARI
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTI

“SCIENCE AND INNOVATION” nashiryoti tomonidan Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 2024 to‘plami taqdim qilindi.

🌟Ensiklopediyada yurtimizning yuzdan oshiq yetakchi olimlarining ilmiy faoliyati va yutuqlari aks etgan biografiyalari jamlangan. Jumladan:

🌟 - Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida faoliyat yuritayotgan /2 nafar/ yetuk olimlarining ham tuproqshunoslik sohasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Tuproqshunoslik sohasida ularning izlanishlari, innovatsiyalari va tajribalarini har tomonlama tahlil qilish orqali tizimdagi muammolar oldida erishgan yutuqlariga oydinlik kiritilgan.

⚡️ Bugun mamlakatimizda ilm ahlining o‘rni va mavqeini yuksaltirish, yosh olimlarning yangi avlodini tarbiyalash, istiqbolli loyihalarini rag‘batlantirish borasida muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

🌟 Institut Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimining eng muhim ahamiyat kasb etuvchi - tuproqshunoslik soha yo‘nalishlaridan biridir.

⭐️ Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi 2024 to‘plamida
Institut direktori, biologiya fanlari doktori Shuxrat Mehribonovich Bobomurodov

⭐️ Instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari biologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonov Nodirjon Yulchiyevich

🔤kabi tuproqshunos olimlarining ilmiy tadqiqotlari: tuproqlarimizning tarixiy sharoiti, bugungi holati, muammolar va istiqbollari soha rivojida ularning muhim roli keng yoritilib e’tirof etilgan.

🌟 Albatta olimlarimizning bunday ijobiy natijalarga erishishda avvalo yurtboshimiz tomonidan tuproqshunoslik sohasiga berilayotgan e’tiborlari, hamda vazirlik hamda yuqori tashkilot va idoralar bilan hamkorlikdagi olib borayotgan ilmiy va amaliy ishlarning yuksak samarasi desak o‘rinli bo‘ladi.

🌟Eslatma:
“SCIENCE AND INNOVATION AWARDS” tadbiri Uchinchi Renessans ostonasida turgan "Yangi O‘zbekiston" ilm-fanining darg‘alari g‘oliblariga berilgan mukofot olimlarning sermahsul faoliyatini rag‘batlantirish, ziyolilar mavqeini yanada ko‘tarish hamda yoshlar o‘rtasida ilmiy faoliyat bilan professional shug‘ullanishni ommalashtirishga qaratilgan.

📆Ана шу мақсадда 2024-yil 21-dekabr kuni “Turkiston” san‘at saroyida yilning eng tantanali ilm-fan bayrami “Science and innovation awards” bo‘lib o‘tadi!

✨Tadbirda: “Yil olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, “Yilning eng yaxshi Oliy ta’lim muassasasi” va “Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti” bo‘yicha nominatsiyalar g‘oliblari aniqlanadi.

🌟 Ushbu nufuzli bayram institut tarixidagi eng unitilmas bayram bo‘lishiga umid qilamiz…

✍️Instiut matbuot xizmati.

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований