![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Konstitutsiya_kuni
⚡️Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat soati Konstitutsiyamizning 32 yilligi shonli sanasiga bag'ishlandi.
🌟Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda inson qadrini ulug‘lash, huquq va manfaatlarini himoyalashga yo‘naltirilgan. Yurtimizda keyingi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🌟“Odamlar ertaga yoki uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashni istaydi”. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z faoliyatining ilk davrlarida ilgari surgan ushbu g‘oya zamirida xalqimiz hur, erkin, farovon hayot kechirishi, farzandlarimiz hech kimdan kam bo‘lmay, har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi, jamiyatimizda tenglik va adolat tamoyillari barqaror bo‘lishiga erishishdek ulkan maqsadlar o‘z aksini topgan.
🌟Institutning barcha ahil jamoasi uchun “KONSTITUTSIYAM-FAXRIM” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning mazmuni va mohiyati, mamlakatimizning porloq kelajagi amaldagi Konstitusiya va undagi qonunlar bilan bevosita bog‘liq ekanligi haqida ma’ruzalar o‘qib eshittirildi va fikr-mulohazalar bildiriladi.