Xalqaro hamkorlik

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
     photo 2025 09 23 13 20 42 photo 2025 09 23 13 20 47 photo 2025 09 23 13 20 54 photo 2025 09 23 13 21 02

     So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida Koreya davlati bilan hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish orqali yerdan foydalanuvchilar, dehqon fermer xo‘jaliklari faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab qo‘shma loyihalar imzolanmoqda.

     Bugun Koreya davlatidan Kyumi Ahn KREI boshchiligida bir guruh delegatsiya a’zolari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurishdi.

     Uchrashuvda delegatsiya a’zolari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Nodirjon Abduraxmonov, bo‘lim boshlig‘i Zafar Bahodirov hamda institut mas’ullari bilan sohada samaradorlikni boshqarish (xalqaro rivojlanish monitoringi va baholash) ODA loyihasining missiyasi “AKTga asoslangan yerdan foydalanish salohiyatini kuchaytirish Nou-xau va O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ma’lumotlar bazasini mustahkamlash borasida muhokamalar o‘tkazildi.

 

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований