Hamkorlik. FAO

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
     photo 2025 09 23 15 52 33 photo 2025 09 23 15 52 46 photo 2025 09 23 15 52 54 photo 2025 09 23 15 52 51

     So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlar, qo‘shma dasturlar va loyihalar birgalikda amalga oshirilib kelinmoqda.

     Bugun institutda «O‘zbekistonda qurg‘oqchilikga uchragan ekotizimlardagi yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish» hamkorlik loyihasi bo‘yicha  tashkiloti mutaxassisi B. Haitov, institut bo‘lim mudiri Z. Baxodirovlar ishtirokida seminar trening o‘tkazildi.

     Seminarda loyiha doirasida tanlab olingan hududlarda ya’ni Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida yerdan foydalanuvchilarga, yer unumdorligi va tuproqdagi organik uglerodni har tomonlama dastlabki baholash va xaritalashni o‘tkazish, degradatsiyaga qarshi kurashish, tuproq unumdorligini noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish, tuproq holatini yaxshilashga hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

 

 

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований