“Ongli sayyora - Tuproqni saqlang”

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

ONGLI SAYYORA - TUPROQNI SAQLANG”

photo 2025 10 03 13 19 07photo 2025 10 03 10 13 46

Hindistonda bu harakat Sadguru tomonidan ilgari surilgan tashabbus hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha “Save Soil”(Tuproqni saqlang) — xalqaro harakati tuproq degradatsiyasini to‘xtatish, unumdorlikni oshirish va kelajak avlodlarga sog‘lom tuproqlar qoldirish haqida xabardorlikni oshirish siyosatini targ'ib etadi.

Harakat Banaskantada erta kuchaydi. Banaskanta tumani Osiyodagi eng yirik sut sanoatining yetakchi markazlaridan biri bo‘lganligi hududi qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil sharoitlari tuproqlarda organik uglerod va muhim oziq moddalarning keskin etishmasligi sabab chorva mollari uchun yem-xashak yetishtirishda ko‘plab fermerlar doimiy muammolarga uchrashi sog‘lom tuproqlarni saqlab qolish va bu muammolarni hal qilishning yagona yo‘li barchani faollikka chaqiradi.

photo 2025 10 03 15 48 51photo 2025 10 03 15 48 43

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Tuproq unumdorligini oshrish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi” boshlig‘i Oybek Soatov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Banaskantadagi Banas Save Soil yirik sut kooperativida olib borilayotgan ish jarayonlari, xususan bu yerdagi “Tuproqni sinovdan o‘tkazish laboratoriyasi” shart-sharoitlari, mutaxassislar va fermerlar o‘rtasida faol bilim almashishga yordam beradigan trening darslarida tuproq biologiyasi va unumdorligini saqlash bo‘yicha tuproq salomatligiga yaxlit yondashuvga alohida e’tibor qaratilganligi va boshqa amaliyot ishlari bilan yaqindan tanishishmoqda.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi delegatsiyasining “Save Soil” xalqaro harakatidagi ishtiroki Hindiston OAV lari jurnalistlari e’tiboridan chetda qolmadi. “Patan sity” ishtimoiy-siyosiy gazetasining bosh sahifasida tahliliy maqola va boshqa internet ishtimoiy tarmoqlarida mumtazam yoritilib borilayotgani diqqatga sazovordir.

Hindiston xizmat safari davom etmoqda.

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований