HAMKORLIK

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

Hindiston tajribasini o‘rganishda olingan bilim va malakalar kelgusida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini yanada rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi...  

photo 2025 09 30 10 12 59photo 2025 09 29 13 25 34photo 2025 09 29 23 03 32

2022-yildan buyon butun dunyo bo‘yicha “Save Soil”(Tuproqni saqlang) — xalqaro harakati Hindistonda Sadguru (Jaggi Vasudev) tomonidan ilgari surilgan tashabbus hisoblanadi. Ushbu g‘oya ostida tuproq degradatsiyasini to‘xtatish, unumdorlikni oshirish va kelajak avlodlarga sog‘lom tuproqlar qoldirishdir.

Shu kunlarda "Save Soil" harakatining MDH davlatlari bo‘yicha bosh direktori Cyjadha Pajagopal mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonovga yo‘llagan taklifnoma xatiga binoan bir guruh qishloq xo‘jalagining tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha soha olimlari va yetuk mutaxassislaridan iborat delegatsiya a’zolari Hindiston davlatiga xizmat safarida bo‘lib turishibti.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Tuproq unumdorligini oshrish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi” boshlig‘i Oybek Soatov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Koimbator va Ahmadobod shaharlarida tuproq sho‘rlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek  "Save Soil" harakatining tuproqda organik moddalar ulushini kamida 3–6% gacha oshirish, dehqonlarni kompost, yashil o‘g‘it, organik qoldiqlarni qayta ishlashga o‘rgatish kabi bir qator yo‘nalishlari bilan tanishish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: mazkur xizmat safarida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti  Tuproq monitoringi, ekologiyasi, unumdorligini baholash va degredatsiya uchragan tuproqlar unumdorligini tiklash bo’limi boshlig’i, b.f.f.d., katta ilmiy hodimi N. Qalandarov va xalqaro aloqalar bo’yicha bosh mutaxassis Yo.Normatovlar ham ishtirok etmoqda.

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований