Yaponiya Tsukuba Universiteti halqaro hamkorlik loyiha

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
photo 2025 11 05 21 19 28 photo 2025 11 05 21 19 35 photo 2025 11 05 21 19 44 photo 2025 11 05 21 19 56

     Mahalliy va xorijiy davlatlar tuproqshunos olimlarining ta’kidlashicha so‘nggi yillarda tuproq muhitining mikroplastik ifloslanishi global ekologik muammoga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda bu o‘tkir masala yuzasidan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Yaponiyaning Tsukuba Universiteti bilan “Qurg‘oqchil yerlarda tuproqning mikroplastik ifloslanishi va uning tuproq tuzilishiga ta’siri” halqaro hamkorlik loyihasi asosida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

     Ma’lumot uchun: Hamkorlikda olib borilayotgan mazkur tadqiqot ishlariga joriy yilning fevral oyidan kirishilgan edi. Yapon professori Maki Asano boshchiligidagi bir guruh yapon mutaxassislari dastlab Xorazim viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanlarida dala tadqiqot ishlarini olib borishdi.

     Shu kunlarda qo‘shma loyiha asosida hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan tadqiqot ishlarining keyingi tanlangan hududi Andijon viloyatining Andijon, Izbosgan va Baliqchi tumanlaridan tuproq namunalari olindi.

     Hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida tuproq muhitida mikroplastmassalarning tarqalish xususiyatlari, ta'sir etuvchi omillari, ekologik va ekologik xavflari tizimli ravishda ko'rib chiqiladi hamda tahlil va tadqiq etiladi.

     Shuningdek yapon mutaxassislari institutning Andijon mintaqaviy bo‘linmasida yaratilgan shart-sharoitlar va olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

     Institut direktori Shuhrat Bobomurodov Yapon professori Maki Asano bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tib, hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.

© 2025 Институт почвоведения и агрохимических исследований