![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
☄️ Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining tadqiqotchisi Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining 03.00.13 –«Tuproqshunoslik» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi ishi muhokamasi 📍O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
🌟Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.
➡️ Yig‘ilish Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining «Tuproq shamol eroziyasini masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida modellashtirish va eroziya xavfini baholash» (Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani misolida) mavzusidagi tayyorlangan dissertatsiyasi ishi himoyasiga bag‘ishlandi.
🔹 Yig‘ilishda dissertant taqdimotida amalga oshirgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
🔴Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya ishi yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
✅Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor Asliddin Mamatkulovga qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini OAK dan tasdiqlab berilishi maqullandi.





