Ilmiy himoya PhD

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
    photo 2025 11 20 10 39 24 photo 2025 11 20 10 39 15 photo 2025 11 20 10 39 26 photo 2025 11 20 10 39 55

↗️Xabaringiz bor, bugun Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

✅Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, Mallayeva Dilafruz Abduxoliq qizining “Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda og‘ir metallarning tarqalishi va ayrim qishloq xo‘jaligi ekinlarida to‘planishi (Kitob tumani tuproqlari misolida)” mavzusidagi 06.01.04-“Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining himoyasiga bag‘ishlandi.

➡️Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori Shuxrat Bobomurodov olib bordi.

📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Dilafruz Mallayeva tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований