![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📍Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, QARSHIBOYEV XUSAN SHAMSIDDIN o‘g‘lining “Sug‘oriladigan tuproqlar degradatsiyasini GAT texnologiyasi yordamida baholash”(Buxoro tumani misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasiga bag‘ishlandi.
📝Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
✅Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan XUSAN QARSHIBOYEV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.





