![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
📍Bugun Institut huzuridagi DSc25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishni biologiya fanlari doktori, professor N.Abduraxmonov olib bordi.
Kun tartibiga ko‘ra:
1️⃣➖ Xolmatov Otabek Ismatovichning “Fosforli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslari” mavzusidagi 06.01.04 – “Agrokimyo” ixtisosligi bo‘yicha qishloq xo‘jalik fanlari falsafa doktori (PhD);
2️⃣➖Normatov Yodgor Mamanazarovichning “Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash” mavzusidagi 03.00.13 - "Tuproqshunoslik" ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishlarining muhokamalari o‘rin olgan.
✅Kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha Xolmatov Otabek Ismatovich tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
📝Kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
⌛Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgorga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.





