Ilmiy seminar

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 
  photo 2025 11 26 14 24 10 photo 2025 11 26 14 24 14 photo 2025 11 26 14 23 55 photo 2025 11 26 14 23 59

📍Bugun Institut huzuridagi DSc25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishni qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Raxmontoy Kurvantayev olib bordi.

☄️Kun tartibiga ko‘ra, Normatov Yodgor Mamanazarovichning “Tuproq hosil qiluvchi omillarning tuproqlar unumdorligiga ta’sirini geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida baholash” mavzusidagi 03.00.13 - "Tuproqshunoslik" ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishining muhokamasiga bag‘ishlandi.

📝Tadqiqotchi dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.

✅Kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

⌛Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgorga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований