Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining mustaqil izlanuvchisi Po‘latov Muxitdin Kamoliddinovichning “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17 raqamli Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
➡️Yig‘ilishni Ilmiy kengash raisi, biologiya fanlari doktori, professor Jabborov Zafar Abdukarimovich olib bordi.

Yig‘ilish PO‘LATOV MUXITDIN KAMOLIDDINOVICHning “Markaziy Farg‘ona sug‘oriladigan tuproqlari, ularning asosiy xossalari va unumdorlik holati (Farg‘ona viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.13–Tuproqshunoslik ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, yangiligi va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi. Shundan so‘ng kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda kengash a’zolari tomonidan talabgor MUXITDIN PO‘LATOV tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

