ILMIY_SEMINAR
|
|
Joriy yilning 26-dekabr sanasida Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Institut huziridagi ixtisoslashgan Ilmiy kengashni kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Bobomurodov olib bordi.
✅Yig‘ilish Dusaliyev Alijon Toshpo‘lat o‘g‘lining “Orol dengizi qurigan tubi tuproq – grunt qoplamlarining landshaft geokimyoviy xususiyatlari (Markaziy qismi misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bag‘ishlandi.
Yig‘ilishda dastlab talabgor dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Kengash a’zolari tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
📌Muhokamalarda Ilmiy kengash tomonidan Alijon Dusaliyev tayyorlagan dissertatsiya ishi OAK talablariga to‘liq javob berishi ma’qulandi.

