IMKONIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH – TARAQQIYOT OMILI

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

IMKONIYATDAN SAMARALI FOYDALANISH – TARAQQIYOT OMILI

 

🔴Tuproqshunoslik institutida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut direktori Shuhrat Bobomurodov olib bordi.

Unda bo‘lim boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilish avvalida Kun.uz sayti tomonidan tayyorlanishi rejalashtirilayotgan tuproq haqidagi film yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Filmni tayyorlash jarayoni, tuproq ma’lumotlarini yetarliligi, tasvirga olish bosqichlari haqida axborot berildi.

🔴Shuningdek, yig‘ilishda tuproq laboratoriya ishlari natijalari yuzasidan ham alohida masala ko‘tarildi. Binoning ikkinchi qismini qayta rekonstruksiyadan chiqarish ishlariga to‘xtalib o‘tilib, bu boradagi kamchilik va vazifalar belgilab olindi.

🔴Kutubxona va arxiv faoliyati keskin tanqid qilinib, ularni tartibga solish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, tuproq ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda gumus miqdorini oshirishga qaratilgan normativ xujjat va dastur ijrosi ham muhokama qilindi.

🔴Yig‘ilishda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, xususan, quyosh panellarini o‘rnatish ishlarini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Institutda kitobxonlikni va sportni rivojlantirish, xodimlar va yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kutubxona burchagi, stadion, stol tennisi hamda voleybol maydonchalarini tayyorlash va yaqin kunlarda foydalanishga topshirish vazifalari ham belgilab berildi.

🔴Yig‘ilish davomida xodimlarning ommaviy axborot vositalarida, xususan milliy ilmiy jurnallar hamda nufuzli xorijiy jurnallarda maqolalar nashr etish faolligi ancha sust ekanligi alohida ta’kidlandi. Bu borada ilmiy salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etilib, tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqaro ilmiy maydonda institut nufuzini oshirish maqsadida maqolalar soni va sifatini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔊Shuningdek, yig‘ilish yakunida institutga tegishli bo‘lgan yer maydonlarini bo‘limlar kesimida samarali foydalanish uchun taqsimlash masalasi ham ko‘rib chiqildi va ijobiy hal etildi.

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований