#IlmFan #XalqaroHamkorlik #YoshOlimlar #Malayziya #Taqdimot
🟢Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida navbatdagi kasbiy maʼrifat soati o'tkazi“Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” dasturi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

✅Malayziyaning Universiti Pendidikan Sultan Idris (UPSI) universitetida tashkil etilgan “Young Scientists Uzbekistan @ UPSI” xalqaro malaka oshirish va ilmiy-tadqiqot dasturida ishtirok etib kelgan Gulayxan Aytmuratova tomonidan yig‘ilish ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazildi.

✅Taqdimot davomida dastur doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, malaka oshirish jarayonlari hamda erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xorijiy tajribalar va ularni mahalliy ilmiy faoliyatda qo‘llash istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

✅Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.
✅Mazkur uchrashuv xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yosh olimlarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

