Tarix_bilan_yuzma_yuz

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
 

Tarix_bilan_yuzma_yuz

photo 2026 06 11 06 31 07

🟢Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining bir guruh xodimlari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.

photo 2026 06 11 06 35 02

❗️Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarni mamlakatimiz tarixi, boy ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari hamda xalqimizning ko‘p asrlik madaniy an’analari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

🗣Ekskursiya davomida markaz mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga mazkur majmuaning faoliyati, uning ilmiy-ma’rifiy ahamiyati hamda ekspozitsiyalardan o‘rin olgan noyob tarixiy manbalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xodimlar markazda namoyish etilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar, asori-atiqalar, arxeologik topilmalar, milliy urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mamlakatimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning hayoti va ilmiy merosi, ularning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
photo 2026 06 11 06 42 13

🔊Professor R. Kurvantoyevga ko‘ra: - Tashrif davomida xodimlar milliy va ma’naviy merosimizning betakror namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning yurtimizning boy tarixi, madaniy qadriyatlari va ma’naviy merosi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Bunday ma’rifiy tadbirlar milliy o‘zlikni anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

photo 2026 06 11 06 46 26

🔴Mazkur ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda yuksak ma’naviy taassurot qoldirib, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

© 2026 Институт почвоведения и агрохимических исследований