Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2023 05 29 16 31 56 photo 2023 05 29 10 25 28 photo 2023 05 28 09 32 47

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va ishlab chiqarish qobiliyatini belgilash uchun sifat ko‘rsatkichlarini, ya’ni tuproq baholash ishlarini va ularni ekologik-meliorativ holatini chuqur tahlil qilish muhim bosqichi hisoblanadi. 

Shu kunlarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va mutaxassislari tomonidan Jizzax viloyati bo‘yicha sug‘oriladigan tuproqlarining bugungi kundagi sifat ko‘rsatkichlari, tuproq sho‘rlanish holatini aniqlash uchun tumanlarda dala, laboratoriya-analitik va kameral ishlar institutning bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar viloyatning Sh.Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarida dala tadqiqot ishlari nihoyasiga yetkazildi. Batafsil

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна

Avval xabar qilganimizdek mamlakatimizda Global tuproq hamkorligi (GSP), (EASP) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va bir qator milliy hamkorlar bilan birgalikda 22-26 may kunlari Toshkent va Nukus shaharlarida Sho‘rlangan tuproqlar xalqaro tarmog‘i (INSAS)ning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

"Sho‘rlangan tuproqlar bo‘yicha xalqaro seminar: Barqaror kelajak uchun sho‘rlangan tuproqlarni boshqarish" mavzusidagi xalqaro seminarda respublikamiz hamda 20 ga yaqin mamlakatdan 50 ga yaqin xalqaro miqyosda tan olingan mutaxassis-olimlar, davlat tashkilotlari va ilmiy tadqiqot institutlari jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti professorlari, fan doktorlari, ilmiy xodimlari ishtirok etishmoqda.

BATAFSIL

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2023 05 15 07 26 33 photo 2023 05 15 07 26 30 photo 2023 05 15 07 26 36

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan Jizzax viloyatining qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, unumdor yerlarni muhofaza qilishga doir keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda Jizzax viloyatining Mirzacho'l, Arnasoy va Zafarobod tumanlaridagi tayanch massivlaridan qishloq xo‘jalik yerlari tuproqlarini monitoring maqsadlarida tadqiq etish uchun tuproq namunalari olish ishlari yakuniga yetkazilb, qolgan tumanlarda tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

Ushbu maqsadli dala tadqiqotlarida Institut bo'lim mudiri A.J.Ismonov boshchiligida bir guruh yuqori malakali mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2023 05 10 15 22 24 photo 2023 05 10 15 22 24 photo 2023 05 10 15 22 24 photo 2023 05 10 15 22 24   photo 2023 05 10 15 22 24

Bugun “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Sh.Bobomurodov boshchiligida bir gurux olim va mutaxassislar agrar sohada uzoq yillar fidokorona xizmat qilib nafaqaga chiqqan  nuroniy professor-oʻqituvchilar, mehnat faxriylari bilan uchrashishdi. Ularning hol ahvollaridan xabar olish uchun xonodonlariga tashrif buyurishib dildan hamsuhbat bo'lishib hurmat-ehtirom koʻrsatildi.

Звезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активнаЗвезда не активна
photo 2023 05 02 17 18 23 photo 2023 05 02 17 18 18 photo 2023 05 02 17 18 26

Ўзбекистон ва Япония давлатлари ўртасида турли соҳалардаги ҳамкорлик изчил, жадал ва самарали ривожланиб бормоқда. Шу жумладан қишлоқ хўжалиги тизимида ҳам.

Бугун Қишлоқ хўжалиги вазирлигида бўлиб ўтган учрашувда асосий эътибор соҳадаги ҳамкорлик масалаларига қаратилди.

Мазкур учрашувда Қишлоқ хўжалиги вазирлиги бошқарма бошлиғи Асрор Жўраев ва Тупроқшунослик ва агрокимёвий тадқиқотлар институти директори Шуҳрат Бобомуродов ва масъул ходимлар ҳамда Япония давлатидан ташриф буюрган “Japan Conservation Engineers&Co.”, LTD. фирмаси вакиллари - ёрдамчи менеджери Ёшида Казуйо (Yoshida Kazuyo) бошчилигидаги бир гуруҳ мутахассислар, маҳаллий консультант Ғайрат Жумаевлар иштирок этди. Учрашувда соҳавий ҳамкорлик юзасидан фикр алмашилди.

Давра суҳбати иштирокчилари “Japan Conservation Engineers&Co.”, LTD. фирмаси вакиллари илгари сураётган Японияда ишлаб чиқилган ва бир нечта давлатларда синовдан ўтказилган Фужимин (Fujimin) – препаратини шўрланган тупроқлар мелиоратив ҳолатини яхшилашда фойдали томонлари ҳақида шунингдек бу борада ҳамкорликни тўғри йўлга қўйиш тўғрисида сўз юритилди.

Мазкур учрашув якунида томонлар ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзолаш, тажриба алмашиш ва келажакда биргаликда лойиҳаларни амалга ошириш режалаштирилди.