INSTITUT ILMIY-USLUBIY KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining majlislar zalida Ilmiy - uslubiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishni institut uslubiy kengash raisi biologiya fanlari doktori, professor Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich olib bordi.
Yig‘ilishda Institutining uslubiy kengash a’zolari, ilmiy xodimlar va doktorantlar ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, 2 nafar ilmiy xodimning 03.00.13 – «Tuproqshunoslik» ixtisosligi biologiya fanlari bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishlarining muhokamasiga bag‘ishlandi.
1. Gulimov Quvondiq Hamzaevichning “Sug‘oriladigan tuproqlarning xususiyatlarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish” (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida) mavzusidagi;
2. Qilichova Nazokat Axmedovnaning “Navoiy-Konimex cho‘li sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlarining hozirgi meliorativ holati va ularni unumdorligi” mavzusidagi dissertatsiya ishlari yuzasidan amalga oshi rgan ishlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda dastlab talabgorlar dissertatsiya ishlari yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash a’zolarini tanishtirdi.
Shundan so‘ng uslubiy kengash a’zolari va yig‘ilganlar tomonidan dissertasiya yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalarda Uslubiy kengash a’zolari tomonidan talabgorlarga taklif, tavsiyalar berildi va keying bosqichga o‘tishi ma’qullandi.
Yig‘ilish tanlangan ilmiy mavzular doirasida qizg‘in bahs-munozaralarga boy va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETIDA “KARYERA KUNI” - MEHNAT YARMARKASI OʻTKAZILDI.
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Mamlakatimizda Oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, universitetda tahsil olayotgan talabalarni ishga joylashishiga koʻmaklashish va universitet bitiruvchilarni ishga taqsimlash hamda Ish beruvchilar va talabalar oʻrtasida muloqotni tashkil etish uchun universitetda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri tashkillashtirildi.
Universitetda tayyorlanayotgan mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona va tashkilotlarni, shuningdek, tumanlardagi hokimliklar, aholini bandlikka koʻmaklashish markazi masʼul xodimlarini talabalar bilan bevosita suhbat oʻtkazish, ishga tanlab olish hamda shartnomalar rasmiylashtirish uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishtirok etdilar.
Maskur mehnat yarmarkasida universitet talabalariga darsdan boʻsh vaqtlarida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida Tuproqshunoslik va agrokimyoviy ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari ham boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talabalarning bandligini taʼminlash, ularning kelgusidagi ish oʻrinlarini aniqlash maqsadida davlat tashkiloti va korxonalarning oʻrinlari taqdimoti oʻtkazildi, ish beruvchilar bilan yosh talabalarning bevosita suhbatlari boʻldi. Ikki tomonlama mehnat shartnomalari imzolandi.
ILMIY YONDASHUV
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘lishdi.
Institutning Organik dehqonchilik texnologiyalari bo‘limi mudiri Baxtiyor Atoev tomonidan viloyatning Qiziltepa tumani Toshrabot massivida “Sug‘oriladigan tuproqlarda chiqindi va qoldiqlarni qo‘llashning tuproq xossalari kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda klaster, fermer xo‘jaliklari va yer egalari ishtirok etishdi.
Shuningdek ushbu yig‘ilishda Navoiy viloyati ekin dalalarining o‘zida chiqindi va qoldiqlar hisobidan organika, makro va mikro elementlarni ko‘paytirish agrotexnalogiyasini yaratish amaliy loyiha bo‘yicha tizimda zamonaviy kompos tayyorlash agrotexnalogiyasi haqida seminar ishi va aprobatsiya komissiyasi tekshiruvi o‘tkazildi.
YER EGALARIGA ILMIY TAVSIYALAR BERILDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
![]() |
![]() |
![]() |
Bugun biron bir sohaning rivojini ilm-fansiz tasavvur qilish ancha mushkul. Shu jumladan, qishloq xo‘jaligida ham fundamental tadqiqotlarsiz, ularning amaliyotdagi sinovi natijalarisiz yutuqlarga erishib bo‘lmaydi.
So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan qariyb respublikaning barcha hududlarida tuproq (agrokimyoviy kartogrammalar, sho‘rlanish xaritasi, bonitirovka) tadqiqotlar olib borilib, yakuni bo‘yicha tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, yerdan foydalanuvchilarga taqdim etib kelinmoqda.
So‘nggi yillarda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olimlari tomonidan qariyb respublikaning barcha hududlarida tuproq (agrokimyoviy kartogrammalar, sho‘rlanish xaritasi, bonitirovka) tadqiqotlar olib borilib, yakuni bo‘yicha tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, yerdan foydalanuvchilarga taqdim etib kelinmoqda.
INSTITUT HUZURIDAGI IXTISOSLASHGAN ILMIY KENGASHNING MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
- Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
- Yangiliklar
Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xo‘jalik va biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashda Tillabekov Begzod Alisher o‘g‘lining «Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi turdagi mikroelementli fosforli o‘g‘itlarning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri» mavzusidagi 06.01.04 - «Agrokimyo» ixtisosligi qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim yetgan dissertasiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.














