📆 Bugun Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan institutda “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
🟢Tadbir davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb vazifalardan biri ekani taʼkidlandi. Shuningdek, mazkur illatning inson salomatligi, oila barqarorligi hamda jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
🟢Yigʻilish ishtirokchilariga mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda taʼsirchan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tizimli ishlar haqida maʼlumot berildi.
🟠Tadbirda giyohvandlikka qarshi kurashishda davlat organlari, taʼlim muassasalari, oila va jamoatchilikning oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
❗️Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ishtirokchilarni sogʻlom turmush tarziga amal qilish, yot illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni mustahkamlashga chaqirish bilan yakunlandi.
Manba: Telegram kanali

