Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 7-bandiga muvofiq, 2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar amaldagi tartib asosida beriladi.
Shunga koʻra, Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyati belgilangan tartibda va uzluksiz davom etadi. Mazkur band ilmiy daraja olish jarayonida ishtirok etayotgan izlanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga, shuningdek, yangi tizimga bosqichma-bosqich va muammosiz oʻtish uchun zarur huquqiy kafolatlarni yaratishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://oak.uz/pages/30691
Manba: Telegram kanali · OAK - Oliy attestatsiya komissiyasi | Rasmiy kanal