#IXTISOSLASHGAN_ILMIY_KENGASHNING_MAJLISI
#Ilmiy_daraja 🟦🟦
⏰Ayni paytda Instituti huzuridagi DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01 raqamli qishloq xoʻjalik va biologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy Kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
➡️Yigʻilishni Ilmiy kengashni kengash raisi, institut direktori, biologiya fanlari doktori, professor, Shuhrat Bobomurodov olib bormoqda.
➡️Yigʻilish Gulimov Quvondiq Xamzayevichning “Sugʻoriladigan va lalmi tuproqlarning xossalarini aniqlashda spektroskopiya usullaridan foydalanish asoslari (Parkent va Mirzaobod tumanlari misolida)” mavzusidagi 03.00.13 – “Tuproqshunoslik” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiyasi ishining himoyasiga bagʻishlandi.
📝Talabgor tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlari, ilmiy-amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, xulosalari va ishlab chiqarishga tavsiyalari bilan kengash aʼzolarini tanishtirilmoqda.
🎚Siz ushbu link orqali bevosita Ilmiy kengash majlisini kuzatishingiz mumkin.
📍Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti
Axborot xizmati
Manba: Telegram kanali







