🧬Mikoriza zamburug‘ boʻlib, oʻsimliklarning ildizlari bilan simbiotik aloqada oʻsadi. Shuningdek, u ikkilamchi ildiz tizimini hosil qilib, qoʻshimcha foydali ozuqa moddalari va suvni tortib oladi, butun hayoti davomida oʻsimliklarning oʻsishini qoʻllab-quvvatlaydi.
🌱 Mikorizal zamburugʻlar oʻsimliklarning ildizlariga qaraganda 10 baravar koʻproq tuproq maydonini qoplaydi. U ozuqa moddalarini mahkam bogʻlaydigan va uni oʻsimliklarga kirishiga imkon beruvchi fermentlarni chiqaradi.
➕Shuning uchun ham uni fosfor tashuvchisi deb atashadi. Mikorizal munosabatlarga ega boʻlgan oʻsimliklar qurgʻoqchilik va harorat oʻzgarishi kabi ekologik stresslarga nisbatan koʻproq chidamli boʻladi.
Mikoriziya sanoatining bozor tendensiyalari
📈 Mikoriza global miqyosda eng koʻp isteʼmol qilinadigan biooʻgʻitdir. Ushbu oʻgʻit asosan qahva, choy, kakao, paxta, shakarqamish va shular qatoridagi boshqa ekinlar uchun qoʻllanilsa iqtisodiy tejamkorlik bilan birga, yuqori hosildorlik garoviga ham aylanish mumkin.
⬆️Mikoriziya asosidagi biooʻgʻitlar bozori kelgusi yillarda sezilarli oʻsish kutilmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu bozor 2027-yilga kelib jadal rivojlanadi, chunki koʻpchilik fermerlar sintetik oʻgʻitlarning zararli taʼsiridan qochib, barqaror qishloq xoʻjaligi yechimlariga oʻtmoqda.
💻Ushbu turdagi biooʻgʻitlar, xususan, mikoriziya zamburugʻlari oʻsimlik ildizlariga oziqa moddalarini yetkazishda yordam berib, hosildorlikni oshiradi. Ekologik toza qishloq xoʻjaligiga boʻlgan ehtiyojning oshishi natijasida kelgusi besh yil ichida bozorning oʻsish surʼati yuqori boʻlishi mumkin.
✅Ayniqsa Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, masalan, Xitoy va Hindiston, Shimoliy Amerika va Yevropa bozorlarida kuchli oʻsish kuzatilmoqda. Bunday yondashuvning ortib borishi natijasida, global qishloq xoʻjaligi tizimi ekologik jihatdan eng yuqori koʻrsatkichga yetishi mumkin.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI