🌱 Bugun Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Germaniya Federativ Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Follert Mattias hamda Germaniya Federal Oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va hududiy öziga xoslik vazirligi (BMLEH) parlament davlat kotibi Martina Englhardt-Kopf boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
🗣 Muloqotda ikki davlat örtasidagi agrar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, Germaniyaning ilğor tajribasini Özbekiston qişloq xöjaligiga joriy etiş, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytiriş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
📊 Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekiston va Germaniya örtasidagi qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari savdo aylanmasi 61,3 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Şuningdek, 2024-yil 15-sentabrda veterinariya va çorvaçilik sohasida imzolangan memorandum ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş uçun muhim asos bölib xizmat qilmoqda.
🏢 Uçraşuvda Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) negizida Germaniya agrar markazini taşkil etiş, fermerlarni moliyalaştiriş dasturlarini işlab çiqiş hamda agrar kreditlaş tizimiga Germaniya tajribasini joriy qiliş istiqbollari körib çiqildi.
🌍 Şuningdek, qişloq xöjaligi kooperativlarini boşqarişda ilğor yondaşuvlardan foydalaniş va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida texnologiyalar almaşinuvi uchun mintaqaviy platforma taşkil etiş yuzasidan fikr almaşildi.
🎓 Taʼlim va amaliy tayyorgarlik yönalişida Vaynştefan–Trizdorf universiteti bilan hamkorlikda 200 boş qoramolga möljallangan, 50 gektar tajriba maydonini qamrab oluvçi zamonaviy öquv-amaliy markaz taşkil etiş masalasi ham muhokama qilindi.
🔬 Ilmiy hamkorlik doirasida Germaniyaning Yulius Kyun instituti bilan şoli yetiştiriladigan maydonlarda tuproq unumdorligini saqlaş va oraliq ekinlarni yetiştiriş texnologiyalarini takomillaştiriş, Xoenxaym universiteti bilan esa ingiçka tolali ğöza yetiştirişda suv tejovçi va raqamli agrotexnologiyalarni joriy etiş böyiça ilmiy tadqiqotlar olib boriş istiqbollari yuzasidan takliflar bildirildi.
✅ Uçraşuv yakunida tomonlar muhokama qilingan yönalişlarda hamkorlikni izçil davom ettiriş, ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşiriş va özaro manfaatli loyihalarni rivojlantiriş böyiça kelişib oldilar.
Manba: Telegram kanali · QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI








