QURBON HAYITI MUBORAK BOʻLSIN!⚡
Yangiliklar

QURBON HAYITI MUBORAK BOʻLSIN!⚡

1 daqiqa oʻqish 306 marta koʻrilgan

🔴Hurmatli qishloq xoʻjaligi sohasi fidoyilari, aziz ustoz - shogirdlar, mehnatkash fermer va bobo dehqonlar!

✨Sizlarni va siz orqali butun yurtimiz ahlini muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

🔴Qurbon hayiti — mehr-oqibat, bagʻrikenglik, saxovat va inson qadrini ulugʻlaydigan ulug‘ bayramdir. Bu muborak kunlarda yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka, dasturxonlarimizda toʻkinlik yanada ziyoda boʻlsin.
🔴Ayniqsa, yer bilan tillashib, el dasturxoniga rizq ulashib kelayotgan fermer va dehqonlarimiz, ilm-fan yoʻlida izlanayotgan olim va mutaxassislarimiz, soha taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan barcha mehnatkash insonlarning zahmati tahsinga loyiqdir.
🔴Qishloq xoʻjaligi — nafaqat iqtisodiy tayanch, balki xalq farovonligi, rizq-roʻz va baraka manbaidir. Sizlarning halol mehnatingiz, fidoiyligingiz va yurt ravnaqi yoʻlidagi saʼy-harakatlaringiz barchamiz uchun ibratdir.

✨Muborak Qurbon hayiti kunlarida har bir xonadonga qut-baraka, sogʻliq-salomatlik, ahillik va baxt-saodat tilayman. Yaratgan egamiz qilgan ibodatlarimiz va ezgu amallarimizni dargohida qabul aylasin.

❗️Qurbon hayiti barchangizga muborak boʻlsin!

Hurmat bilan,
Shuhrat BOBOMURODOV
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori, professor

#TABRIK

Manba: Telegram kanali