MAʼRIFAT SOATI: BILIM VA MALAKA — TARAQQIYOTNING ASOSIY KAPITALI
Yangiliklar

MAʼRIFAT SOATI: BILIM VA MALAKA — TARAQQIYOTNING ASOSIY KAPITALI

1 daqiqa oʻqish 285 marta koʻrilgan

📆Bugun Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqlarida ilgari surilgan birinchi milliy dastur — «Bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirish» dasturi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi maʼrifat soati tashkil etildi.

⚡️Davra suhbatida Institut olimlari, mutaxassislar va tadqiqotchilar ishtirok etib, mamlakatimizning kelgusi oʻn yilligini milliy yuksalish davriga aylantirish maqsadida belgilangan 7 ta milliy dasturning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

➡️Tadbirni biologiya fanlari doktori, professor N. Abdurahmonov olib bordi.

🔵Tadbir davomida birinchi milliy dasturning asosiy maqsadi, uni amalga oshirish doirasida belgilangan vazifalar va ularning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, dasturni hayotga tatbiq etishning ahamiyati hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

✅Tadbirning asosiy xulosasi: mamlakat taraqqiyotining eng muhim sarmoyasi — inson kapitali, yaʼni bilim, malaka, mahorati va salohiyatidir. Ushbu dasturning amalga oshirilishi inson qadrini yuksaltirish, malakali mutaxassislar tayyorlash va yurtimizning barqaror taraqqiyotini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌Bilim va malakaga sarmoya kiritish — kelajakka sarmoya kiritishdir!

✅Telegram: TATI Soil

#MaʼrifatSoati #MilliyDastur

Manba: Telegram kanali